
📅 Sana va joy: 2025-yil 20-sentabr, Eski Bobur bogʻi mini futbol maydonlari (hozirgi Doʻstlik bogʻi).
Bu yil kompaniyamizda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mini-futbol turnirining 5-yilligi yuqori kayfiyat va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi.
✨ Turnirimizga maxsus mehmon sifatida barchamiz hurmat qiladigan, el-yurtimiz sevib tinglaydigan ovoz sohibi, ustoz sharhlovchi – Mirzaxakim aka Tuxtamirzayev tashrif buyurib, ishtirokchilar va muxlislarga katta ilhom hamda motivatsiya bagʻishladilar.
🏆 Turnir natijalari:
🥇 Warehouse – Chempion (finalda penaltilar seriyasida dramatik gʻalaba)
🥈 SW-1 Samarkand – 2-oʻrin
🥉 FV-2 (Namangan) va Delivery – 3-oʻrin
🌟 Individual sovrinlar:
- Eng yaxshi oʻyinchi: Ubaydullaev Ergash (SW-1 Samarkand)
- Eng yaxshi darvozabon: Abdullaev Begzod (FV-2 Namangan)
💬 Bu yilgi turnir nafaqat sport bayrami, balki jamoaviy birdamlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi katta anʼana sifatida yodda qoldi.







