
Ayven Group Distribution ko‘magida Nutricia kompaniyasi 2025-yil sentyabr oyida O‘zbekistonning uchta shahrida — Toshkent, Samarqand va Urganchda — bolalar oziqlanishi sohasidagi mutaxassislar uchun uchta ilmiy-amaliy tadbir tashkil etdi.
📍 Toshkent — 2025-yil 30-sentyabr kuni Holiday Inn Tashkent City mehmonxonasida
“Kesarcha yo‘l bilan tug‘ilgan bolalarni oziqlantirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi: t.f.d. Zulfiya Abdujabbarova.
Tadbirda 80 nafar pediatr, neonatolog va oilaviy shifokorlar qatnashdi.
Ona suti ahamiyati, kesarcha kesishdan keyingi oziqlanish va Nutrilon Cezarbiotik mahsulotining afzalliklari haqida ma’lumot berildi. Yakunda viktorina o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.
📍 Samarqand — 2025-yil 19–20 sentyabr kunlari o‘tkazilgan
“Innovatsion texnologiyalar bolalar jarrohligida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida
t.f.d. Zulfiya Abdujabbarova “Bolalarni operatsiyadan oldin va keyin oziqlantirishda zamonaviy yondashuv” mavzusida ma’ruza qildi.
📍 Urganch (Xorazm viloyati) — 2025-yil 22-sentyabr kuni “Gavhar” restoranida
“Kesarcha yo‘l bilan tug‘ilgan bolalarni oziqlantirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Spiker: Feruza G‘afarova.
Tadbir 15:00 dan 18:00 gacha davom etdi va 103 nafar shifokor ishtirok etdi.
Ma’ruzada Nutrilon Cezarbiotik mahsulotining noyob tarkibi va afzalliklari haqida so‘z yuritildi.





