
Kompaniyamizda bu yildan boshlab SKLAD JAMOASI uchun KVARTAL MOTIVATSIYA tizimi yo‘lga qo‘yildi. Uzoq muddatli KPI asosidagi faoliyat natijalarini tahlil qilgan holda, bu tashabbus jamoaning samaradorligi va tashabbuskorligini yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
3 yillik KPI tizimiga to‘liq moslashgach, ilk bor kvartal yakunlari bo‘yicha mukofotlash marosimi tashkil etildi. Quyidagi 3 toifa bo‘yicha eng yaxshi xodimlar taqdirlandi:
1️⃣ KAIZEN fikr va tashabbuslari uchun:
- Shuhrat Abduvahobov (Markaz) – skladdagi pochot tizimini optimallashtirib, ish vaqtini 5-6 soatdan 2-3 soatga qisqartirdi.
- Ravshan ___ (Farg‘ona) – 5S tizimini birinchilardan bo‘lib joriy qildi va yangiliklar kiritdi.
2️⃣ Eng yuqori KPI natijasi ko‘rsatgan dostavka xodimlari:
- Toshkent shahridan 3 nafar xodim
- Qarshi va Navoiy filiallaridan 1 nafardan xodim
3️⃣ Eng yuqori KPI natijasi ko‘rsatgan sklad xodimlari:
- Toshkent shahridan 2 nafar xodim
- Xorazm va Buxoro filiallaridan 1 nafardan xodim
G‘oliblarga pul mukofoti va faxriy yorliq topshirildi.
Bu rag‘batlantiruvchi tizim sklad jamoasining yanada faol va samarali ishlashiga turtki bo‘ladi, degan umiddamiz.