
Ayven Group NIVEA brendi va Korzinka supermarketlar tarmog‘i tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xayriya aksiyasini e’lon qiladi. Ushbu loyiha onkologik kasallikdan keyin reabilitatsiya jarayonidan o‘tayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
1-apreldan 31-aprelgacha xaridorlar Korzinka do‘konlarida, jumladan Korzinka Mahalla va Korzinka Go filiallarida NIVEA mahsulotlarini xarid qilish orqali aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Tushumning bir qismi Ezgu Amal jamg‘armasiga yo‘naltirilib, bolalar va ularning ota-onalari uchun reabilitatsiya dam olish dasturlarini tashkil etishga sarflanadi.
Mazkur tashabbus biznes va jamiyat hamkorligining yorqin namunasi bo‘lib, bolalarning sog‘lom hayotga qaytishiga yordam beradi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, 261 million so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilib, 25 ta oila reabilitatsiya kursidan o‘tgan.
Ayven Group NIVEA hamkori sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy mas’uliyatga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. 2026 yilda loyiha davom etishi uzoq muddatli hamkorlikning muhimligini ko‘rsatadi.
Kompaniya barcha fuqarolarni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlaydi va bolalarga mehr, g‘amxo‘rlik hamda umid ulashishga da’vat etadi.



